Sergelida MCHJga tegishli qurilish mahsulotlarini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Sergelida MCHJga tegishli qurilish mahsulotlarini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.S.” MCHJ sobiq ombor mudiri A.SH. va boshqalar korxona rahbarining xabardorligisiz, 641 mln so‘mlik beton mahsulotlarini sotib yuborib, pul mablag‘larini kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!