Serbiyalik yurist: Ukrainada uran qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bu harbiy jinoyat

Serbiyalik yurist: Ukrainada uran qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bu harbiy jinoyat

Ukrainada G‘arbning zaiflashtirilgan uranli snaryadlaridan foydalanish harbiy jinoyat bo‘ladi. Bu haqda serbiyalik advokat Srdjan Aleksich ma’lum qildi.

“Zaiflashtirilgan uranli snaryadlar qo‘llanadigan Ukraina hududidagi bechora odamlarga achinaman. Bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak, uning harbiy qo‘llanishi taqiqlanishi shart, bu harbiy jinoyat”, - dedi Aleksich RIA Novostiga bergan intervyusida.

Yurist zaiflashtirilgan uranning yarim yemirilish davri 4,5 mlrd yilni tashkil etishini ta’kidladi. Bu uran qo‘llanilgan hudud deyarli abadiy atrofni radiasiya bilan zaharlashini anglatadi. Bunday holat NATOning Yugoslaviyani bombardimon qilgan paytda ham ro‘y bergandi.

“Alyans bombardirovka chog‘ida 15 tonna zaiflashtirilgan uran tashlaganini tan oladi, biroq, Serbiya ma’lumotlariga ko‘ra, u ko‘proq bo‘lgan. Hatto 15 tonna - bu Xirosima va Nagasakida bo‘lgandan ko‘ra 100 marta ko‘proq radiasiya”, - dedi u.

Aleksichning so‘zlariga ko‘ra, uran Serbiya aholisida saraton kasalligini keltirib chiqargan. Bundan tashqari, mamlakatning ko‘plab aholisi bepushtlik va bolalar kasalliklardan aziyat chekadi.

1999 yil 24 mart kuni NATO Yugoslaviyani bombardimon qilgan, nafaqat harbiylarga, balki tinch aholiga ham hujum qilgan. Hujum chog‘ida 2,5 ming kishi, jumladan, 87 bola halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Annabel Goldi London Kiyevga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dorilarni yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Ukrainaga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dori yetkazib berish keng ko‘lamdagi fojiaga olib kelishi va birinchi navbatda Yevropaga ta’sir qilishini ma’lum qildi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa Britaniyani Ukrainani yo‘q qilish niyatidalikda aybladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!