Senator AQSh rasmiylarining Rossiyadan kelayotgan tahdid haqidagi bayonotlarini tanqid qildi
Ogayo shtati senatori va respublikachi vise-prezidentlikka nomzod Jey-Di Vens AQShning amaldagi rasmiylarining Yevropa davlatlariga Rossiya tahdid solayotgani haqidagi da’volariga izoh berdi. Bu haqda u Semafor portali bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Vens AQSh rasmiylarining Rossiya tahdidi haqidagi bayonotlarini tanqid qildi va Vashington Yevropa Ittifoqini himoya qilishga majbur emasligini eslatdi.
"Xarris ma’muriyatining agar biz Putinni Ukrainada to‘xtatmasak, u Germaniyaga qadar yurishi haqidagi fikri, birinchi navbatda, bu haqiqat emas, ikkinchidan, Germaniyaning mudofaa qobiliyati haqida nima deyish mumkin?" - dedi u.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)