Senatning navbatdagi yalpi majlisi 20 oktyabr kuni chaqiriladi

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 20 oktyabr kuni chaqiriladi

Oliy Majlis Senati Kengashi 20-yalpi majlisni 20 oktyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Yalpida ko‘rib chiqiladigan qonunlar:
🔹 «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi;
🔹 «Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi;
🔹 «2021 yil uchun O‘zbekiston Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi;
🔹 «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi;
🔹 «Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi;
🔹 «Muzeylar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi.

Qolaversa, bosh vazir o‘rinbosarining hamda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining axboroti eshitiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!