Senat yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi

Senat yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi

Oliy Majlis Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqargan majlisda oltita masala ko‘rib chiqildi.

Jumladan, “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”, “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantasiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama etildi.

Shulardan bir qonun – “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullash rad etildi. Boshqa qonunlar esa ma’qullandi.

Kozimjon Komilov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi sifatida qayta saylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (3 )

    Bobir Salomov
    Narxlani ko‘taringlar ko‘p yevordik
    Bobirbek
    У ва ха ха ха ха🤣🤣🤣🤣🤣👍
    Xan
    Шу аёл га бошка иш йукми. Сенатни бошкаришга бутун Узбекистонда мард эркак