Senat Raisi boshchiligidagi delegasiyasi Sankt-Peterburgga boradi

Senat Raisi boshchiligidagi delegasiyasi Sankt-Peterburgga boradi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) Kengashi Raisining taklifiga binoan joriy yil 20-22 noyabr kunlari Tanzila Norboyeva rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegasiyasi rasmiy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.

Tashrif doirasida delegasiya MDH PA Kengashining navbatdagi majlisida va MDH PAning elliginchi yalpi majlisida ishtirok etadi.   

Shuningdek, tashrif doirasida “Qishloq hududlarni barqaror rivojlantirish” davra suhbati majlisi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirda qishloq hududlarni barqaror rivojlantirish, bu sohada muvaffaqiyatli strategiyalar va dasturlarni amalga oshirish yuzasidan tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!