Saudiya Messi kelishi uchun qonunlarni o‘zgartirishga tayyor

Saudiya Messi kelishi uchun qonunlarni o‘zgartirishga tayyor

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

El Chiringuito jurnalisti Hayme Astrayn xabar berishicha, argentinalik hujumchi Krishtianu Ronaldudan ko‘proq maosh va’da qilinsa Saudiya klubiga o‘tishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda Messining otasi saudiyaliklar bilan suhbatlashayotgan vaqtidagi suratlar tarqaldi. Xorxe Messi Saudiya Arabistoniga borgan. Xabarlarga ko‘ra, Xorxe Saudiya klubi bilan o‘g‘lining ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun ko‘rishgan. U “Al-Hilol”dan 2 yilga 600 million yevro talab qilgan.

"Marca" nashri versiyasiga ko‘ra, “Al-Hilol” 36 yoshli futbolchi uchun yiliga 220 million yevro to‘lashga tayyor. Argentinalik futbolchini olib kelish uchun Saudiya Arabistoni hukumati hattoki qonunlarni o‘zgartirish va maoshlar chegarasini oshirishga ham tayyorligi aytilmoqda. Faqatgina Ronaldudan farqli ravishda Messiga 2,5 yillik emas, bir yillik bitim taklif qilinishi mumkin.

Xorxe Messi Saudiya Arabistoni sport vazirligi vakillari bilan bolalar futbol maktablari masalasini muhokama qilish uchun mamlakatga tashrif buyurgan, deya yozmoqda Diario Sport.

Katta Messi Saudiya Arabistoni safaridan so‘ng Barselonaga yo‘l olgan. Lekin u yerda “Barselona” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan yoki o‘tmaganligi haqida xabarlar yo‘q. Leoning akasi Rodrigo Messi ham u bilan birga Kataloniya poytaxtiga borgan.

Hozircha Leoga faqatgina “PSJ” yangi shartnoma bo‘yicha taklif bildirgan.

Lionel Messi joriy mavsum Liga 1 da 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!