Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 25 tonna xurmo sovg‘a qildi

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 25 tonna xurmo sovg‘a qildi

Saudiya Arabistoni podshohligi tomonidan O‘zbekistonga xurmo mahsulotlarining navbatdagi partiyasi sovg‘a sifatida taqdim etildi. Bu haqda podshohlikning Toshkent shahridagi elchixonasi xabar berdi.

«6 iyun kuni Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Yusuf al–Utaybiy podshoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik ishlari markazi vakillari bilan hamkorlikda Ikki muqaddas masjid xodimi Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning sovg‘asini – 25 tonna xurmoni O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, O‘zbekiston musulmonlar idorasiga, «Vaqf» xayriya jamoat fondiga va din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etdi», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!