Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda issiqlik va shamol elektr stansiyalari quradi

Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda issiqlik va shamol elektr stansiyalari quradi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo energetika investision forumi doirasida bir qator bitimlar imzolandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, O‘zbekistonda davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida quvvati 1250 megavattga teng issiqlik elektr stansiyalari va quvvati 1000 megavattga teng shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan.

Xabar berishlaricha, mazkur bitim O‘zbekiston Energetika vazirligi va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi o‘rtasida imzolandi. Kelishuvning qolgan tafsilotlari hozircha noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!