Sardor Azmun "Bayer"ga o‘tdi

Sardor Azmun "Bayer"ga o‘tdi

Rossiyaning "Zenit" klubi hujumchisi Sardor Azmun yozda jamoani tark etadi.

Eronlik hujumchi Germaniyaning «Bayer» klubiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tadi va 2027 yilning yozigacha shartnoma imzolaydi.

27 yoshli Azmun sankt-peterburgliklar bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

U «Zenit» tarkibida 79 ta uchrashuvda maydonga tushib, 52 ta gol kiritdi. Uch marta Rossiya chempioni, ikki marta Rossiya Superkubogi va bir marta Rossiya Kubogini qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!