Sandu Moldova hukumatidan respublikadagi noroziliklarga qat’iy javob berishni so‘ramoqda

Moldova prezidenti Mayya Sandu hukumatdan respublikadagi norozilik namoyishlarini muxolifat tomonidan mamlakatni beqarorlashtirishga urinish sifatida baholagan holda keskin javob berishni so‘ramoqda.
"Men Rechan hukumatini mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarga qat’iy javob berishga chaqiraman", - dedi prezident, uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS.
Sandu norozilik namoyishlarini qoralab, ularni uyushtirgan muxolifatdagi Shor partiyasi "hozirgi hukumatni noqonuniy ravishda ag‘darish maqsadini" ko‘zlayotganini aytdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)