Samarqandda Xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi

19 oktyabr kuni Samarqanddagi “Silk Road” turistik markazida “Global Forum on Education: The Foundation of Building Tourism” xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi. Tadbir BMT Butunjahon Turizm Tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi (GA25 UNWTO) doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Xalqaro ta’lim forumi UNWTO Bosh Assambleyasining asosiy tadbirlaridan bir bo‘lib, u dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan turizm sohasida faoliyat yurituvchi 1200 dan ortiq mahalliy va xorijiy mutaxassis hamda yekspertlarni bir joyda to‘playdi. Ular ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovasiyalarga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishadi.
Forum dasturida turizm va ta’lim sohasidagi yutuq va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi “Ulysses Awards UNWTO” mukofotlash marosimi o‘tkaziladi.
Ekologiya vazirligi, Turizm qo‘mitasi va uning huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti turizm sohasida faoliyat yurituvchi olimlar, mutaxassislar hamda ta’lim, fan va innovasiyalar sohasidagi ekspertlarni Forum ishida faol ishtirok etishga chorlaydi.
Ishtirokni shu yilning 20 sentyabrigacha tasdiqlashingiz mumkin.
➡️ Platformada ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://www.unwto.org/form/education-foro-25ga
UNWTO Bosh Assambleyasining Xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilari soni cheklangan!