Samarqandda o‘qishni niyat qilgan surxondaryolik abituriyent chuv tushdi

Samarqandda o‘qishni niyat qilgan surxondaryolik abituriyent chuv tushdi

Joriy yilning 16 may kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashovchi 28 yoshli O.X. IIBga murojaat qilib, unda 2015 yil noyabr oyida tanishi Obi-hayot mahallasida yashovchi 54 yoshli O.A.unga Samarqand qishloq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib undan 10.000.000 so‘m pulini olib o‘qishga kiritmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan. O.A. ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!