Samarqandda talaba yigit mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Samarqandda talaba yigit mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Samarqand viloyati IIB YHXB Matbuot xizmatining UzNews.uz'ga ma’lum qilishicha, hodisa joriy yilning 21 may kuni soat 23:30 larda Samarqand shahar Alisher Navoiy ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Nexia-2 avtomashinasi haydovchisi Samarqand davlat universitetining 4-bosqich talabasi D.E.ni urib yuborgan.

Talaba yigit shahardagi tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ammo, u olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Hozirgi vaqtda viloyat IIB tomonidan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!