Samarqandda noqonuniy qazib olingan oltinni 205 mln so‘mga sotishga uringan shaxs ushlandi

Samarqandda noqonuniy qazib olingan oltinni 205 mln so‘mga sotishga uringan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatida noqonuniy ravishda qazib olingan oltinni sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari Paxtachi tumanida tezkor tadbir o‘tkazgan.

Tadbirda mazkur tumanda yashovchi G‘.SH. va K.I. tarkibida oltin bo‘lgan ruda toshlarini “Qoraqo‘ton” oltin koni hududidan noqonuniy ravishda qazib olib, yashash manzilida qayta ishlash orqali sof oltin quyma shakliga keltirgan holda mahalliy fuqaroga uning 145 grammini 205 million so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olinib, prosessual tartibda hujjatlashtirilgan.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!