Samarqandda fojia: 70 yoshli erkak va 68 yoshli ayol halok bo‘ldi

Samarqandda fojia: 70 yoshli erkak va 68 yoshli ayol halok bo‘ldi

Samarqand. 2020 yilning 16 sentyabr kuni soat 7:00 da Paxtachi tumani “Yobu” mahallasi hududidan o‘tgan M-37 “Samarqand-Buxoro” avtomobil yo‘lining 139 km.da haydovchi 26 yoshli I.R., boshqaruvida bo‘lgan “ISUZU” rusumli yuk avtomashinani Navoiy viloyati yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borib, old tomonidan harakatlanib ketayotgan haydovchi 53 yoshli SH.H., ning boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, “Lasetti” avtomashina yo‘lovchisi 70 yoshli H.X., olgan tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan, avtomashina yo‘lovchilari 68 yoshli H.U. (ayol) va 42 yoshli A.B., lar (ayol) turli darajada olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilganlar, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay H.U. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!