Samarqandda fermer xo‘jaligi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan xo‘jalik rahbari ushlandi

Samarqandda fermer xo‘jaligi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan xo‘jalik rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “X.S.” fermer xo‘jaligi rahbari K.A. va boshqalar ushbu xo‘jalikka tegishli yer maydonining 4 gektarini fuqaro O.ga 42 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 26 200 AQSh dollarini olib, keyinchalik farzandi S.A. orqali yana 15 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!