Avvalroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida bir necha fuqarolar ovqatdan zaharlangani haqida xabar berilgan edi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyat boshqarmasi mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni ochiqladi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 13:50 dan soat 17:00 ga qadar Pastdarg‘om tumanida yashovchi 5 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi, qorin sohasidagi og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan.
Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng bemorlar “O‘tkir gastroentirit-ovqatdan zaharlanish” birlamchi tashxisi bilan yuqumli kasalliklar bo‘limiga o‘rta og‘ir ahvolda yotqizilgan.
Bemorlarning beshalasi ham joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 13:00-16:00 lar oralig‘ida Pastdarg‘om tumani Juma shahri “Amir Temur” mahallasida joylashgan “T.A.A.” oilaviy korxonasiga qarashli “Merals” savdo shoxobchasidan fast-fud iste’mol qilgani ma’lum bo‘lgan.
“Hozirda ushbu savdo shoxobchasining faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Mutaxassislar tomonidan tekshirilmoqda. O‘tkazilgan tekshirish va laboratoriya tahlil natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyilgan xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Украина Қуролли кучлари маълумотига кўра, 24 майга ўтар кечаси Россия Украинага 250 та дрон ва 14 та “Искандер-М” баллистик ракетаси билан ҳужум қилган.
Истанбулда ўтказилган Украина ва Россия делегациялари ўртасидаги музокаралар пайтида тўрт тилда таржима ташкил этилди, бу эса томонларга самарали ахборот алмашиш имкониятини яратди.
Ғазо ҳукуматининг Оммавий ахборот воситалари бошқармаси анклавда озиқ-овқат етишмаслиги туфайли ҳомиладор аёлларда 300 та ҳомила тушиши ҳолатини қайд этди.
Қайд этилишича, ҳозирда Россия қўшинлари Беловод ва Локни шаҳарларига босимни давом эттирмоқда, у ерда шиддатли жанглар кетмоқда. Мақсад - "буфер зона" яратиш.
АҚШ Ҳарбий разведка бошқармасининг (DIA) "2025 йилгача глобал таҳдидларни баҳолаш" йиллик ҳисоботига кўра, Москва Украинага қарши урушда ўз мақсадларига эришишни давом эттирмоқда.
Унга биринчи ёрдам кўрсатилиб, вақтинча сақлаш учун вилоят кинология марказига олиб келинган ҳамда алоҳида парваришга олиниб, тиббий кўрикдан ўтказилган.