Samarqandda dori vositasini noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi

Samarqandda dori vositasini noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar X.E. va T.X. pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan “IVIREM Remdesevir 100 mg” nomli dori vositasini har bir donasini 56 AQSh dollaridan hisoblab, jami 200 donasini 11 200 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!