Samarqandda 7-sinf o‘quvchisi bobosining 65 000 dollarini o‘g‘irlab ketdi

Samarqandda 7-sinf o‘quvchisi bobosining 65 000 dollarini o‘g‘irlab ketdi

2021 yil 13 noyabr kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil avgust oyidan noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, yashash uyi yotoqxonasidagi sandiqda bo‘lgan 65.000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 7-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan nabirasi sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 noyabr kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!