Samarqandda 50 yashar erkakni nega mix tiqib, so‘ng kaltaklab o‘ldirishdi — batafsil

Samarqandda 50 yashar erkakni nega mix tiqib, so‘ng kaltaklab o‘ldirishdi — batafsil

Avvalroq Samarqandda 50 yashar erkakni avval mix tiqib, so‘ng kaltaklashgani va natijada erkak vafot etgani haqida xabar tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov "Aniq.uz"ga batafsil ma’lumot berdi.

2021 yil 05 iyun kuni soat 18:30 larda Urgut tumani “Etti uylik” mahallasida yashovchi fuqaro Sultonov Bozorboy Baxron o‘g‘li “G‘o‘s” mahallasi markazida joylashgan “Karvon” to‘yxonasi oldida tanishi Obloqulov O‘ktam Xayrullayevich bilan spirtli ichimlik is’temol qilgan mast xolatda o‘zaro janjallashib qolib, shu atrofda joylashgan xo‘jalik mollari sotish uchun mo‘ljallangan savdo do‘koniga kirib, 15 sm. uzunlikda bo‘lgan o‘tkir tig‘li mixni olib chiqib, O‘.Obloqulovning ung ko‘krak qismiga bir marotaba sanchib, u yerga yiqilganidan so‘ng oyoq va qullari bilan bosh sohasiga zarbalar berib, unga ko‘plab og‘ir tan jaroxatlari yetkazganligi natijasida fuqaro O‘.Obloqulov Urgut tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Marhum O‘.Obloqulovning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan 05.06.2021 yilda tuman prokuraturasi tomonidan B.Sultonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gumonlanuvchi B.Sultonov prosessual tartibda ushlangan.

Marhum: Obloqulov O‘ktam Xayrullayevich, 10.09.1971 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali 1 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, mavsumiy ishchi, Urgut tuman “O‘rtaguzar” mahallasida yashagan.

Gumon qilinuvchi: Sultonov Bozorboy Baxron o‘g‘li, 10.09.1995 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, oilali
4 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi, Urgut tuman “Etti uylik” mahallasida yashaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!