Samarqandda 28 kunlik kelin-kuyov zaharlanib vafot etdi

Samarqandda 28 kunlik kelin-kuyov zaharlanib vafot etdi

Joriy yil 18 yanvar kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida kelin-kuyov is gazidan vafot etdi. Bu haqda «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook'dagi sahifasida yozib qoldirdi.

«Bugun Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Oltinsoy qishlog‘ida 28 kunlik kelin-kuyov tuproqqa qo‘yildi. Ma’lum bo‘lishicha, tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Olov o‘chgach, sizgan gaz tufayli uyqudagi kelin-kuyov zaharlangan. Ular ertalab xonadonida o‘lik holda topilishdi.

Tuman gaz idorasi aza boshlanmasidan xonadon egalarini texnika xavfsizligiga rioya qilmaslikda ayblab, dalolatnoma to‘ldirib ketishdi. O‘lganlar da’vo qilolmaydi: hech kim gazni nega bemahal uzding, nega ogohlantirishsiz yoqding, deyolmaydi.

Shohro‘z A’zamov yangi yil arafasida uylangandi. Ko‘pchilik qatori bir olam orzulari bor edi, essiz… Oila fojiasi - millat fojiasi, deydilar. O‘sha kuni qishloqqa hokim kelgan ekan. Gazchilar bu vallomatga yaxshi ko‘rinish uchun gazni balandlatib, masxarabozlik qilishgan», — deb yozadi Tashanov.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, voqea 4 kun oldin sodir bo‘lgan, kelin-kuyovning yaqinlari jasadni ko‘mib yuborgan va bu to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!