Samarqand va Andijon viloyatlarida yer maydonlari olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Samarqand va Andijon viloyatlarida yer maydonlari olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “U.S.” MCHJ savdo kompleksi nazoratchisi G‘.M. tadbirkor A.E.ning ishonchiga kirib, unga ushbu savdo kompleksi hududidagi 60 kv metr bo‘sh yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 40 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A. va S.X. fuqaro I.D.ning ishonchiga kirib, unga Xo‘jaobod tumani hududidan 1 gektar yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 14 000 AQSh dollari va 91,6 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!