Samarqand sayyohlik markazida dam olish: EURONEWS fikri

Samarqand sayyohlik markazida dam olish: EURONEWS fikri

Kundan kunga Samarqand sayyohlik markazi nafaqat mahalliy sayyohlarning, balki chet ellik turizm ishtiyoqmandlarining ham e’tiborini tortib kelmoqda. Euronews telekanali muxbiri markaz mehmonxonalarida dam olish va turizm bo‘yicha takliflar haqida gapirib, ushbu zamonaviy majmuaning yana bir afzalligini ochib berdi.

Jurnalistning ta’kidlashicha, turistik markazga sayohat Samarqandning muhtasham xalqaro ayeroportidanoq boshlanadi. Mehmonxonalarning sog‘lomlashtirish markazlaridagi xizmatlar buyuk Ibn Sino ta’limotiga, ya’ni o‘tmish va hozirgi zamon tibbiyotining eng yaxshi an’analariga asoslanganligi muxbirni e’tiboridan chetda qolmadi.

Euronews muxbiri Galina Polonskaya shunday deydi: “Samarqand bo‘ylab sayr qilganingizdan so‘ng, dam olish va sog‘lomlashtirish uchun noyob majmua hisoblangan Silk Road Samarkand sayyohlik klasterida dam olib, kuch to‘plashingiz mumkin. Men bu yerga tanam va ruhiyatim uchun foydali bo‘lgan yangi marshrutni o‘rganish va uni sinab ko‘rish uchun tashrif buyurdim".

Silk Road Samarkand markazida sog‘lomlashtirish markazlari sifatida bir nechta mehmonxonalar faoliyat yuritadi. Ulardagi turli xil sog‘lomlashtirish dasturlari bir necha kundan 2 haftagacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Shu vaqt ichida mehmonlar diqqatga sazovor joylarni ko‘rish imkoniga ham ega bo‘ladilar.

"O‘tmish va hozirgi davr tibbiyoti "Antistress" nomli yaxlit dasturda mujassamlangan. Masalan, uning asosiy turlaridan biri barokameradir. Unda bosim ostida inson tanasining kislorod bilan to‘yintirish jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday antioksidant terapiya organizmdan zararli moddalarni chiqazib tashlash va orom olishning eng yaxshi usullaridan biridir", - deb ta’kidlaydi jurnalist o‘z lavhasida.

Lavhada tasvirlanganidek, Silk Road Samarkand bu aql bovar qilmaydigan muhit, sog‘lomlashtirish muolajalari, mazali taomlar, yaxshi kayfiyatdir. Buning natijasida markaz mamlakat bo‘ylab sayohat qilishning xamyonbop va ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Galina Polonskaya, shuningdek, yangi Samarqand xalqaro ayeroportining imkoniyatlaridan qoyil qolib, unda zamonaviy Samarqandning sayyohlik salohiyatini yuqori darajasini to‘liq his qilsa bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!