Saloh Misrdagi yonib ketgan cherkovni tiklash uchun 150 ming yevro xayriya qildi

Saloh Misrdagi yonib ketgan cherkovni tiklash uchun 150 ming yevro xayriya qildi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh xayriya ishiga qo‘l urdi.

14 avgust kuni Misrning Giza shahridagi cherkovlardan birida yuz bergan yong‘in oqibatida eng kamida 41 kishi vafot etgan, o‘nlab kishilar jabrlangandi.

Misrlik jurnalist Ibrohim Gavadning yozishicha, «Liverpul» yetakchisi yong‘indan zarar ko‘rgan ibodatxonani tiklash uchun 3 million misr funti (150 ming yevro) ajratgan.

Avvalroq, Muhammad Saloh Misrdagi fojiali voqea oqibatida vafot etganlarning oila a’zolariga hamdardligini bildirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!