Salkam 4 milliard so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Salkam 4 milliard so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan “O'zsanoatqurilishbank” ATB Buxoro mintaqaviy filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.M.” MCHJ rahbari B.A. bank filiali mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, MCHJga xom ashyo (xom ipak) ishlab chiqarish uchun ajratilgan 3,9 mlrd so‘m kredit mablag‘ini boshqa MCHJning kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun yo‘naltirib, shartnomada ko‘rsatilgan mahsulotlarni xarid qilmasdan, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!