Saida Mirziyoyeva: Oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy jazo tayinlamagunicha, ushbu jinoyatga davlatning munosabati Jinoyat kodeksida aniq aks etmagunicha, bir joyda qotib turaveramiz

Saida Mirziyoyeva: Oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy jazo tayinlamagunicha,  ushbu jinoyatga davlatning  munosabati Jinoyat kodeksida aniq aks etmagunicha, bir joyda qotib turaveramiz

Saida Mirziyoyeva oilaviy zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonun muhokama qilinishini e’lon qildi.

Bugun Senatda NNT, davlat idoralari va faollar ishtirokida oiladagi zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonunning jamoatchilik muhokamasi o‘tkaziladi, deb yozadi u ijtimoiy tarmoqlarda.

“Oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy jazo tayinlamagunicha, ushbu jinoyatga davlatning munosabati Jinoyat kodeksida aniq aks etmagunicha, bir joyda qotib turaveramiz.

Busiz boshqa hech nima yordam berolmaydi, yuzaki choralar ham, eng ilg‘or gender loyihalari ham, quruq gap bilan tarbiyalashga urinishlar ham.

Oldin ayollar oldidagi mas’uliyatni belgilagan holda, ularni himoyalovchi Qonun joriy etilishi zarur. Qolgani keyin bo‘ladi”, deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!