S vitamini oshib ketishi erkaklar uchun xavfli

S vitamini oshib ketishi erkaklar uchun xavfli

Terapevt, toksikolog Aleksey Vodovozov inson organizmida S vitaminining miqdori me’yoridan oshib ketishi oqibatlari haqida aytib berdi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, askorbin kislotaning xavfi juda kichik, biroq, ba’zi hollarda juda ko‘p vitamin S iste’mol qilish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

"Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra, S-vitamini kunlik qabul qilish yuqori chegarasi — 2000 mg(2g.) ni tashkil qiladi. Ushbu miqdordan ko‘p iste’mol qilish ko‘ngil aynish va diareyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, uzoq muddat davomida me’yoridan ortiq S-vitamini qabul qilish siydikning RN balansini o‘zgartirishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida bo‘yrakda tosh paydo bo‘lish xavfiga olib keladi, asosan erkaklarda, - dedi Vodovozov.

Toksikolog, shuningdek, S vitamini tanqisligi nimaga olib kelishi mumkinligi haqida gapirdi: odamda zangila (singa) kasalligining o‘ziga xos turi — iskorbit rivojlanishi mumkin. Bu kollagen ishlab chiqarish buzilganligi sababli milkda muammolar paydo bo‘lishi, tish to‘kilishi va yaralarning sekin bitishigv olib keladi.

Mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra, S vitaminining kunlik iste’mol miqdori 50 dan 110 mg gacha. Askorbin kislotasini bunday miqdorda qabul qilish tanadagi uning yetishmasligi yoki ortiqcha bo‘lishi bilan bog‘liq noxush oqibatlardan saqlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!