Rostov viloyatida tuproq qurg‘oqchilik tufayli favqulodda holat joriy etildi

Rostov viloyatida tuproq qurg‘oqchilik tufayli favqulodda holat joriy etildi

Rostov viloyatida uzoq davom etgan qurg‘oqchilik tufayli katta maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari yo‘qoldi yoki zarar ko‘rdi, dedi viloyat gubernatori Vasiliy Golubev.

Ayni paytda Rostov viloyatida ikki oydan ortiq yomg‘ir yog‘mayapti.

Gubernatorning ma’lum qilishicha, Rostov viloyatida o‘tgan haftadan beri amalda bo‘lgan yuqori ogohlantirish rejimi favqulodda holat rejimiga o‘zgartirilgan.

«Men Rostov viloyatida 11 iyun kuni soat 18:00 dan keyingi ogohlantirishgacha tuproq qurg‘oqchiligi sababli favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladim», deb yozdi Golubev o‘zining Telegram-kanalida.

Bir necha kun oldin Rostov viloyati rahbari bu yilgi ob-havo sharoiti tufayli mintaqada hosilning yo‘qotilishi taxminan 30% ni tashkil etishi mumkinligini aytdi. U bahor erta kelganini, mart oyida ekinlarning deyarli 100 foizi unib chiqqanini, aprelda jazirama 30 daraja issiq bo‘lganini, keyin may oyida sovuq kelib, 210 ming gektar maydondagi hosilning nobud bo‘lganini esladi. Ayoz tufayli mintaqaning bir qator munisipalitetlarida may oyi o‘rtalarida favqulodda holat joriy etilgan edi .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!