Rossiyaning Yaponiya bilan savdo aylanmasi uchdan biriga kamaydi

Rossiyaning Yaponiya bilan savdo aylanmasi uchdan biriga kamaydi

2024 yilning may oyida Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29 foizga qisqardi va qariyb 583 million dollarni tashkil qildi, deb yozadi «TASS» Yaponiya ma’lumotlariga tayanib.

Hajmning 43,5 foizi Rossiya nefti, ko‘mir va gazidan, yana 19,6 foizi esa yapon avtomobillariga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, Rossiyaga avtomobil yetkazib berish 21 foizga, Rossiya gazi va Yaponiyaga ko‘mir yetkazib berish esa mos ravishda taxminan 40 va 20 foizga kamaydi.

Ammo Yaponiya Rossiyadan baliq va baliq mahsulotlarini xarid qilishni deyarli 11 foizga oshirdi.

Yaponiyaga Rossiyadan rangli metallar, rudalar, quyma temir va po‘lat importi sezilarli darajada kamaydi.

Yaponiya generatorlari yetkazib berish 39 foizga, kompyuterlar 50 foizga, butlovchi qismlar 99,7 foizga qisqardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!