Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Rossiya chegaralari yaqinida parvozlarni to‘xtatishga chaqirdi

Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Rossiya chegaralari yaqinida parvozlarni to‘xtatishga chaqirdi

Rossiyaning Vashingtondagi elchisi AQShni uchuvchisiz uchoq hodisasidan keyin Rossiya chegaralari yaqinida parvozlarni to‘xtatishga chaqirdi

«AQSh harbiylarining chegaralarimiz yaqinida qabul qilib bo‘lmaydigan faolligi xavotirga sabab bo‘lmoqda. Biz bunday uchuvchisiz razvedka va zarba beruvchi mashinalar qanday maqsadda qo‘llanilayotganini juda yaxshi tushunamiz», - dedi Anatoliy Antonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, PUAlar razvedka ma’lumotlarini to‘playdi, keyin esa Kiyev Rossiyaga zarba berish uchun foydalanadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antonov Qora dengizda Amerika uchuvchisiz samolyoti bilan sodir bo‘lgan voqeani provokasiya deb atagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!