DW nashrining xabar berishicha, 27 dekabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalari tufayli Polshaning Jeshuv va Lyublin shaharlaridagi aeroportlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
"Rossiya hujumlari sabab Polsha havo hududida mamlakat harbiy NATO'dagi ittifoqchilar ko‘magida faoliyat olib bordi. Bu choralar profilaktik (oldini oluvchi) xarakterga ega bo‘lgan, Polsha chegarasining buzilishi qayd etilmagan", deya bayonot berdi Polsha Qurolli kuchlari.
Varshava Rossiya Polsha–Ukraina chegarasi yaqinidagi shaharlarga zarba bergan paytlarda qiruvchi samolyotlarni muntazam ravishda havoga ko‘taradi.
27 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukrainaga dron va raketalar bilan kombinasiyalashgan hujum uyushtirdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hujumda qariyb 500 ta dron va 40 ta raketa, jumladan gipertovushli “Kinjal”lar qo‘llangan. Rossiya hujumining asosiy nishonlari Kiyev shahri va Kiyev viloyati bo‘lgan. Hujum oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab insonlar jarohatlandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.