Rossiyaning musodara qilingan aktivlarining bir qismi Ukrainaga o‘tkazilishi mumkin

 Rossiyaning musodara qilingan aktivlarining bir qismi Ukrainaga o‘tkazilishi mumkin

AQSh Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, AQSh hukumati musodara qilingan Rossiya aktivlarining bir qismini Ukraina foydasiga o‘tkazishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson G‘arbda muzlatib qo‘yilgan pullarni Rossiyaga o‘tkazishga chaqirgan edi. Uning ta’kidlashicha, Moskva Kiyevga tovon to‘laydi. Jonson Rossiya aktivlarini musodara qilish va ularni Ukrainani qayta qurishni moliyalashtirish uchun topshirish bo‘yicha yangi qonunlarni qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.

Shveysariya tashqi ishlar vaziri Inyasio Kassis ham mamlakat muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainani tiklash uchun foydalanishini istisno etmadi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha bunday qadam uchun qonuniy asos yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!