Rossiyaning Kursk shahrida futbol o‘yini raketa tahdidi tufayli to‘xtatildi

Rossiyaning Kursk shahrida futbol o‘yini raketa tahdidi tufayli to‘xtatildi

Kurskda Ikkinchi liga o‘yini raketa tahdidi tufayli to‘xtatildi, deb xabar bermoqda «Diqqat News» .

Mahalliy «Avangard» va «Omsk Irtish» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin hakamning qaroriga ko‘ra 72-daqiqada to‘xtatildi, bu vaqtda shaharda allaqachon sirenalar yangragan edi.

Futbolchilar tribunalar ostidagi xonaga olib ketilgan, tomoshabinlarni esa boshpanalarga evakuasiya qilish so‘ralgan.

O‘yin to‘xtatilgan vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Uchrashuv tomoshabinlarsiz o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!