Rossiyalik oligarxlarning qarindoshlariga qarshi sanksiyalar tayyorlanmoqda

Rossiyalik oligarxlarning qarindoshlariga qarshi sanksiyalar tayyorlanmoqda

Evrokomissiya rossiyalik taniqli oligarxlarning oila a’zolariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkonini beruvchi yangi huquqiy hujjat tayyorlamoqda. Bu haqda Politico xabar berdi.

Evropa Ittifoqining (EI) ismi oshkor etilmagan uch diplomati bu bo‘yicha ma’lumot bergan. Yevrokomissiya YEI mamlakatlariga rossiyalik oligarxlar oila a’zolarini ro‘yxatga kiritish mezonlari ustida ishlayotgani haqida ma’lum qilgan.

EI sanksiyalarida yetakchi bo‘lgan Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari fevral oyida xuddi shunday sxemani taklif qilgandi. O‘shanda Yevrokomissiya Polsha hukumatiga Rossiyaga qarshi o‘ninchi sanksiyalar paketini imzolash evaziga taklifni ko‘rib chiqishga va’da bergan. Diplomatlarning aytishicha, oligarxlarga qarshi qo‘llaniladigan aniq mezon va muddat noma’lum.

Oliy sud, Yevropa Ittifoqi Kengashining qarindoshlar o‘rtasidagi biznes aloqalari haqidagi argumentlariga qaramay, umumiy oila asosida ularga qarshi viza berishni taqiqlash va aktivlarni muzlatish noqonuniy deb topgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!