Rossiyalik jurnalist Putindan olgan mukofotlaridan voz kechdi (FOTO)

Rossiyalik jurnalist Putindan olgan mukofotlaridan voz kechdi (FOTO)

Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng ketgan "Perviy kanal"ning sobiq xodimi Janna Agalakova Vladimir Putindan olingan Rossiya davlat mukofotlaridan voz kechganini ma’lum qildi.

Gap Agalakova 2006 yilda olgan II darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni va 2018 yilda "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangani haqida bormoqda.

Agalakovaning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, u mukofotlarni Kremlga pochta orqali jo‘natgan va quyidagi matnli otkritka ilova qilgan:

"Janob Prezident,

Sizning rahbarligingiz mamlakatni tubsizlikka olib bormoqda.

Men sizning mukofotlaringizni nomaqbul deb bilaman".

Janna Agalakova

21 sentyabr kuni Vladimir Putin Rossiyada "qisman safarbarlik" haqida e’lon qildi va Ukrainada Rossiya qurolli kuchlari go‘yoki "nafaqat [Ukraina] neonasist tuzilmalariga, balki butun G‘arbning kollektiv harbiy mashinasiga" to‘qnash kelganini tushuntirdi. Rasmiylar 300 000 kishini chaqirmoqchi ekanligini aytishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!