Rossiyalik jurnalist ayol Trampga murojaat qildi: "Ishdan bo‘shating"

Rossiyalik jurnalist ayol Trampga murojaat qildi: "Ishdan bo‘shating"

Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak AQSh prezidenti Donald Trampga videomurojaat yo‘lladi. U ijtimoiy tarmoqlarda AQShning nasizm ustidan g‘alaba qozonishdagi ulkan xizmatlari to‘g‘risida xabar tarqatgan Oq uy xodimini ishdan bo‘shatishni maslahat berdi.

"Hurmatli Donald, mening ismim Kseniya. Men Moskvada yashayman. Moskva Rossiyaning poytaxti. Ilgari mening mamlakatim Sovet Ittifoqi deb nomlangan», — dedi Sobchak o‘z bayonotida.

U Amerika rahbariga turli manbalarga ko‘ra 28 milliondan 40 milliongacha Sovet fuqarolari Ulug‘ Vatan urushi paytida vafot etganini eslatdi. "Sovet askarlari Berlingacha yetib borishgan va millionlab odamlarni, shu jumladan konslagerlardagi asirlarni nasizmdan ozod qilishgan", deya qo‘shimcha qildi u.

Sobchak Oq uy xodimini ishdan bo‘shatish kerakligini ta’kidladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!