Rossiyalik diplomatlarning oilalari Ukrainani tark eta boshladi

Rossiyalik diplomatlarning oilalari Ukrainani tark eta boshladi

Rossiyalik diplomatlarning oilalari Ukrainani tark eta boshladi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 5 yanvar kuni 18 kishi (asosan, Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi diplomatlarining bolalari va rafiqalari) Moskvaga jo‘nab ketgan. Yaqin bir necha kun ichida Kiyev va Lvovda rossiyalik diplomatlarning yana 30 ga yaqin oilasi Ukrainani tark etadi.

Yana ikkita konsullikdagi diplomatlarga ketishga tayyorlanishlari aytilgan.

AQSh rasmiysiga ko‘ra, Vashington yaqinlashib kelayotgan evakuasiyadan xabardor bo‘lgan.

«Rossiya hukumati dekabr oyi oxiri va yanvar oyi boshida Rossiyaning Ukrainadagi elchixonasidan diplomatlarning oila a’zolarini evakuasiya qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lumotlar bor», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!