Rossiyada O‘zbekiston shaftolisiga taqiq qo‘yildi

Rossiyada O‘zbekiston shaftolisiga taqiq qo‘yildi

Rossiyada O‘zbekistondan import qilingan shaftolilarga ta’qiq qo‘yilgani aytilmoqda. Bu haqida “Rosselxoznadzor” ning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 6 sentyabr kuni tashkilotning Orenburg boshqarmasidagi vaqtinchalik saqlash omborida mutaxassislar tekshiruv o‘tkazishgan. O‘rganishlar natijasida O‘zbekistondan keltirilgan 1,89 tonna shaftoli patriyasida tirik shaftoli qurtlari (Grapholita molesta) – mavjudligi aniqlangan.

Xabarda ta’kidlanishicha, karantin to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq mevalarni olib kirishga ta’qiq qo‘yilgan va aybdorlar Rossiya Federasiyasi Ma’muriy Kodeksining 10.2-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!