Rossiyada migrantlar bir patent bilan bir necha hududda ishlashi mumkin

Rossiyada migrantlar bir patent bilan bir necha hududda ishlashi mumkin

Rossiya Moliya vazirligi mehnat migrantlariga bir patent asosida Rossiyaning bir nechta mintaqalarida ishlash imkoniyatini beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. O‘zgartirishlar bosh vazir Mixail Mishustin va bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova topshirig‘iga asosan tayyorlangan. Agar qonun qabul qilinsa, o‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilinganidan bir oy o‘tib kuchga kirishi taxmin qilinmoqda, deb yozdi «Vedomosti».

Qayd etilishicha, bunday patent birdaniga bir nechta hududlarda amal qiladi.

Hozir mehnat patenti faqat bir hududda ishlash uchun beriladi va boshqa hududga ko‘chib o‘tgandan keyin migrant bunday hujjatni qayta rasmiylashtirishi kerak.

EOII mamlakatlari fuqarolari (Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston), shuningdek, yashash uchun ruxsatnoma yoki vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma egalari patent va ishlash uchun ruxsat olish zaruratidan ozod qilingan.

Ta’kidlanishicha, bir vaqtning o‘zida bir nechta mintaqalarda rasman ishlash imkonini beruvchi patentlarning joriy qilinishi qurilish sohasida mehnat resurslarining harakatchanligini oshiradi, bu sohada chet el fuqarolari ishchilar umumiy sonining salmoqli ulushini tashkil qiladi.

Agar bitta patentga ega bo‘lgan migrant mintaqalar o‘rtasida harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lsa, bu «arzon ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni tezda qondirish» imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!