Rossiyada mashinaga navbatlar orqasidan tadbirkorlik qilish xaridorlar ishonchi evaziga pul ishlashning yangi usuliga aylandi

Rossiyada mashinaga navbatlar orqasidan tadbirkorlik qilish xaridorlar ishonchi evaziga pul ishlashning yangi usuliga aylandi

Rossiyada mashinaga navbatlarni sotish holatlari ko‘paydi. Bu yerda, masalan, Peugeot Partner Crossway uchun navbatni sotib olish mumkin, ba’zilar boshqa mashinani arzonroq narxda sotib olish taklifini berishadi, bu yerda avtoga navbat noyabr oxiriga qadar kelishini va’da qilishmoqda.

Bu kabi takliflarning yutug‘i shundaki, mashina ustiga "sotuvchi" o‘z talabidan kelib chiqib, narx qo‘yadi. Oylab kutishni xohlamagan xaridor esa yangi mashinani sotib olishi mumkin.

Rossiyada mashinaga navbatlar orqasidan tadbirkorlik qilish xaridorlar ishonchi evaziga pul ishlashning yangi usuliga aylandi

Bunday "qing‘ir" tizimlar aksariyat jahon avtokompaniyalariga yarimo‘tkazgichlar tanqisligi sabab avtomobil yetkazib berishda yuzaga kelayotgan uzilishlar bilan bog‘liq. Avvalroq xorij OAV elektron komponentlari yo‘qligi sabab "AvtoVAZ" Tolyattidagi har uchta yig‘ish liniyasida ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘gani haqida xabar bergan edi. Milliy avtosanoat vakillarining rasmiy xabarida Lacetti va Labo rusumli avtomobillarini yetkazish taxmin qilinayotgan yetkazib berish muddatidan ikki oyga cho‘zilishi aytilgan. Iyulda UzAuto Motors ham o‘zbekistonltiklar avtomobil xarid qilish bo‘yicha 10tadan 200gacha shartnoma imzolab, so‘ng navbat o‘rinlarini sotayotgani holatlari ko‘paygani haqida xabar bergan.

O‘shanda kompaniyada sotuvlar haqidagi ma’lumotlar bazasini yangi avtomobillarni ro‘yxatga olish ma’lumotlar IIB YHDB bazasini sinxronizasiyalashga qaror qilishgan. Shu tariqa yangi avtomobillarni sotib olish va sotishning nomaqbul tizimlarini bartaraf etish rejalashtirilgan. O‘zbekistonda agar xaridorlar pul talab qilish yoki korrupsiyaning boshqa turiga duch kelgan holatda, u yoki bu rusumdagi avtomobil xarid qilish shartnomasi bo‘lmaganda UzAuto Motors kol-markaziga 78 141-77-77 raqami orqali murojaat qilish yoki Bosh prokuraturaning qisqa 10-07 raqamiga bog‘lanish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!