Rossiyada IT-mutaxassislari uchun yashash guvohnomasini olish soddalashtirildi

Rossiyada IT-mutaxassislari uchun yashash guvohnomasini olish soddalashtirildi

Rossiyada axborot texnologiyalari sohasidagi xorijlik mutaxassislar uchun ishga joylashish va yashash guvohnomasini olish (VNJ) tartibi soddalashtirildi.

“Akkreditasiyadan o‘tgan IT-kompaniyada mehnat qilayotgan xorijlik IT-mutaxassis hamda uning oila a’zolariga .... Rossiya Federasiyasida soddalashtirilgan tartibda muhlatsiz yashash guvohnomasini olish huquqi taqdim etildi”, - deyiladi Rossiya IIV xabarida.

Mutaxassis va uning oila a’zolariga yashash guvohnomasini olish uchun turar joydagi IIVning migrasiya masalalari bo‘linmalariga murojaat qilishi, akkreditasiyadan o‘tgan IT-kompaniya bilan mehnat shartnomasi yoki fuqaroviy-huquqiy shartnoma, axborot texnologiyalari sohasidagi ta’lim to‘g‘risida hujjat hamda oila a’zolar uchun qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari kerak. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati uch oyni tashkil etadi.

Aniqlik kiritilishicha, akkreditasiyadan o‘tgan IT-kompaniyalar xorijlik mutaxassislarni maxsus ruxsatnomasiz jalb qilishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!