Rossiyada 16 yoshli o‘smir otasi, onasi va singlisini bolta bilan o‘ldirdi

Rossiyada 16 yoshli o‘smir otasi, onasi va singlisini bolta bilan o‘ldirdi

Ekaterinburgda butun oilasi – onasi, dadasi va 12 yoshli singlisi bilan bolta urib o‘ldirgan 16 yoshli maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi. Marhumlarning jarohati shu qadar jiddiy ediki, qurbonlarning shaxsini aniqlash uchun ekspertiza o‘tkazildi.

Oilaning jasadlari 1 mart kuni Perm o‘lkasining Oktyabrskiy qishlog‘idagi xususiy uydan topilgan. Dastlab 42 yoshli ona Gulya Gorbunova va 12 yoshli qizining shaxsi aniqlandi.

Dastlab, jinoyat ota tomonidan amalga oshirilgan, u xotinini va bolalarini bolta bilan o‘ldirgan, deb taxmin qilingan. Ammo keyin otaning ham jasadi jasadlar orasida ekanligi ma’lum bo‘ldi: uning yuzini tanib bo‘lmadi. Keyin polisiya qotillikda gumon qilingan 16 yoshli o‘spirinni qidirishni boshladi.

Rus ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, yigit qo‘lga olingan va so‘roq paytida u hamma narsani tan olgan. U maktabga bormoqchi emasligini, lekin onasi majburlaganini ta’kidlagan. So‘ngra o‘spirin onasini, so‘ngra singlisini o‘ldirgan va keyin otasining ishdan kelishini kutgan. Otasini ham o‘ldirgach, qochib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!