Rossiya Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olmasa ham, Putin Gaagada sudlanishi mumkin

Rossiya Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olmasa ham, Putin Gaagada sudlanishi mumkin

Rossiya Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olmasa ham, Putin Gaagada sudlanishi mumkin. Bu haqda Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xan CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

U fashist harbiy jinoyatchilari va sobiq Yugoslaviya prezidenti Slobodan Miloshevich ustidan o‘tkazilgan tarixiy sud jarayonlarini misol qilib keltirdi.

"Ularning barchasi qudratli, nufuzli shaxslar edi — va shunga qaramay, ular sud zalida bo‘lishdi", — dedi prokuror.

Uning ta’kidlashicha, XJS qarori allaqachon tarixga kirgan: Vladimir Putin BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi hisoblanmish mamlakatning hibsga olish uchun order berilgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!