Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini ajratib qo‘yish ehtimoldan yiroq – Peskov

Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini ajratib qo‘yish ehtimoldan yiroq – Peskov

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotlarini ajratib qo‘yish mumkinligiga shubha bildirdi.

“Bunday bo‘lishi dargumon”, - dedi Kreml vakili “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida.

U jurnalistning AQShning Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini ayirib qo‘yish istagiga munosabat bildirish iltimosiga shunday javob berdi.

“Chunki Rossiya Federasiyasi va sobiq Sovet ittifoqi davlatlari iqtisodiyotlari ko‘p jihatdan o‘zaro bir-biriga bog‘liq. Qolaversa, ular bir-birini to‘ldiruvchi va o‘zaro manfaatli xususiyatga ega”, - deya tushuntirdi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto hozirgi sanksiyalar bilan bog‘liq oddiy bo‘lmagan zamonda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi barqarorligi va o‘zining istiqbolli ekanini tasdiqlamoqda.

Avvalroq AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) direktori o‘rinbosari Anjali Kaur Amerikaning Markaziy Osiyodagi maqsadi mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotini Rossiyanikidan ajratishdan iborat bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!