"Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi avvalgi munosabatlar tiklanmaydi"

"Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi avvalgi munosabatlar tiklanmaydi"

Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi avvalgi munosabatlar tiklanmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa xavfsizligiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ta’kidladi.

“Shunisi aniqki, bir kun kelib G‘arbiy qo‘shnilarimiz va sobiq hamkorlarimiz to‘satdan Yevropa xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma ishlarni tiklashdan manfaatdor bo‘lib qoladi, lekin u vaqtda tiklashni imkoni bo‘lmaydi. Chunki oldingi hamkorlik endi yo‘q.”, - dedi Lavrov.

“Shunday qilib, YEXHTning bugungi harakatlari kelgusida ushbu tashkilot va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar qanday bo‘ladi, degan savolga javob bo‘ladi. Sobiq hamkrlarimiz kelishuvlar asosida qo‘shnichilik qilish yaxshiroq ekanini tushunganda, Moskva ham kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ladi”, deya davom etdi Lavrov.

Rossiya, o‘ziga nisbatan nafrat siyosatni ilgari surayotgan Yevropa diplomatiyasi vakillarining “nafaqaga chiqishi” uchun kurashadi, dedi TIV rahbari.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, dastlab YEXHT Sharq va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarni yumshatish uchun yaratilgan, biroq G‘arbning hukmronlik kursi bunga to‘sqinlik qildi.

“G‘arb YEXHT nimaga qarshi yaratilgan bo‘lsa, aynan shunday qilmoqda - ajratuvchi chiziqlar qazimoqda”, dedi Lavrov.

Uning eslatishicha, ushbu tashkilot “hamma eshita olishi” uchun yaratilgan va biror mamlakat umumiy jarayondan chetda qolganini his qilmagan. “Ammo hozir hammasi ostin-ustun bo‘ldi”, dedi TIV rahbari.

Rossiya 24 fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operasiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genosidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

Maxsus operasiya ortidan AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari milliardlarcha dollar sarflab, Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlab kelmoqda. Moskva G‘arb qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi mojaroni cho‘zishi, qurol ortilgan transport esa Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishini bir necha marta takrorlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!