Rossiya Ukrainaga kuchli zarba tayyorlamoqda

Rossiya Ukrainaga kuchli zarba tayyorlamoqda

Ukraina janubi mudofaa kuchlari matbuot kotibi Natalya Gumenyuk, Ukraina televideniyesida ruslar uchuvchisiz uchoqlar va dengiz raketalari yordamida Ukrainaga birgalikda hujum tayyorlay olishi mumkinligini aytdi.

"Rossiya doimiy ravishda raketa otish moslamalarini harakatga keltirmoqda. Hozir uchtasi navbatchilik qilmoqda - biri yer yuzasida, ikkitasi suv ostida. Bu ruslar yana turli xil o‘q-dorilarning aralash turi - dron hujumi va raketa hujumini aralashtirib, makkorona hujumga tayyorlanayotganini ko‘rsatishi mumkin", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi havoda emas, balki dengizda joylashgan raketalardan foydalanish ehtimoli bor: “Ular bir muncha vaqt dengiz tashuvchilaridan foydalanmagan va bu vaziyatni bo‘lajak hujumlar uchun moslashtirgan bo‘lishi mumkin”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!