Rossiya Ukrainadan Zaporojye AESga hujumlarni to‘xtatishni talab qildi

Rossiya Ukrainadan Zaporojye AESga hujumlarni to‘xtatishni talab qildi

Rossiya Federasiya Kengashi jahon mamlakatlari parlamentlari va parlamentlararo tashkilotlarga murojaat qabul qildi, unda Ukraina rahbariyatidan Zaporojye atom elektr stansiyasi (AES) va unga aloqador infratuzilmaga hujumlarni bas qilish talab qilingan.

“Federasiya sayti Ukraina harbiy va siyosiy rahbariyatidan ZAES va unga tegishli muhim infratuzilmaga qilingan har qanday hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qiladi”, - deyiladi Federasiya Kengashi yig‘ilishida qabul qilingan hujjatda.

Senatorlar, shuningdek, dunyo mamlakatlari parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlariga murojaat qilib, Kiyev hukumati siyosatini qoralab, Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi agressiv harakatlarni to‘xtatishni talab qilishgan.

“Agar bunday zarbalar davom etsa, nafaqat Rossiya va Ukraina, balki qo‘shni Yevropa davlatlari hududlariga ham ta’sir qiladigan keng ko‘lamli radiasiyaviy zaharlanish xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Ukrainaning ZAESga nisbatan xatti-harakatlarini vayronagarchilik va o‘limga olib keladigan yadroviy terrorizmdan boshqacha tavsiflash mumkin emas”, - deyiladi xabarda.

Hujjatda qayd etilishicha, Kiyev rejimi ZAESga zarba berib, uning xavfsiz ishlashiga tahdid solib, oqibatlarini oldindan aytib bo‘lmaydigan texnogen falokat xavfini oshirib, “qo‘pol va mas’uliyatsiz provokasiyalar”ni amalga oshirishdan to‘xtamaydi.

Shu bilan birga, senatorlarning qayd etishicha, Rossiya Federasiyasi vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida, MAGATE organlarida va boshqa yirik xalqaro maydonlarda butun insoniyatga tahdid soluvchi buzg‘unchi harakatlar haqida bir necha bor bayonot bergan. Biroq qurollangan Ukraina neonasistlari va xorijlik yollanma askarlarning ZAESga nisbatan harakatlari tegishli javobsiz qolmoqda, deyiladi murojaatda.

Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar yonida joylashgan. Bu bloklar soni bo‘yicha eng katta va Yevropadagi eng kuchli atom elektr stansiyasidir. Mart oyidan beri AES rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!