Rossiya “Turk oqimi” orqali gaz o‘tkazishni to‘xtatadi

Rossiya “Turk oqimi” orqali gaz o‘tkazishni to‘xtatadi

Rossiya “Turk oqimi” orqali gaz tashishni vaqtincha to‘xtatdi, deb xabar qildi “Gazprom” matbuot xizmati.

Rossiya kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 5—12-iyun kunlari “Turk oqimi” orqali gaz tashish rejali profilaktika ishlari tufayli to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Turk oqimi” Turkiyaga hamda Janubiy va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlariga gaz yetkazib berish uchun Qora dengiz orqali Rossiyadan Turkiyaga eksport qilinadigan gaz quvuri hisoblanadi. Loyiha quvvati yiliga 31,5 milliard kub metr gazni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!