Rossiya Tolibon hukumatini tan olish shartlarini ma’lum qildi

Rossiya Tolibon hukumatini tan olish shartlarini ma’lum qildi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Moskva Afg‘onistonning yangi hukumatining inaugurasiyasida ishtirok etishi mumkin, agar hukumat quyidagi shartlarni bajarsa:

"Biz Afg‘oniston jamiyatining barcha qatlamlarini o‘z ichiga olgan hukumat tuzish jarayonini qo‘llab -quvvatlamoqchimiz. Shu jumladan, toliblar va boshqa etnik guruhlar - nafaqat pushtun, balki hazoralar, tojiklar, o‘zbeklar va Afg‘onistondagi boshqa etnik guruhlarni", - deya qo‘shimcha qildi u.

"Faqat shunday inklyuziv hukumat yangi hayotga barqaror o‘tishni kafolatlay oladigan bo‘lishi zarur.

Agar ushbu (o‘rganish) muhokama biz kabi taklif etilgan boshqa davlatlarni ham qoniqtirsa, mamlakatdagi vaziyatga ta’sir qiladigan bo‘lsa, bunday tadbirda ishtirok etishdan xursand bo‘lamiz", deb qo‘shimcha qilgan Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Lavrovning aytishicha, "Tolibon" Rossiyani hukumat inaugurasiyasida ishtirok etishga taklif qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!